Joriy yilning 30 iyul kuni Davlat statistika qo`mitasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4273-sonli qarori doirasida O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portalida davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar to`plamlari ro`yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning o`z vaqtida aks ettirish yuzasidan tashkil etilgan Ishchi guruhining 5-yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Mazkur yig`ilishda, O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida davlat organlari va tashkilotlarning ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini joylashtirilishini baholovchi tizim - “Ochiq ma’lumotlar puxtaligi modeli” (“Open Data Maturity Model”) ning joriy etilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotar portalida e’lon qilinadigan axborotlarning o‘z vaqtida shakllantirilishi va yangilab turilishini monitoring qilish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.
Axborot xizmati