2019 yilning 23 iyul kuni Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumanida Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Jo’raqulovich Namangan viloyati statistika boshqarmasi rahbar va xodimlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabul uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvning maqsadi viloyat va shahar statistika organlari faoliyatining sifatini yaxshilash, asosiysi esa statistika sohasiga oid aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining savollariga joyida yechim topishdir. Bu esa odamlarning ertangi kunga va adolatga bo’lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Mazkur sayyor qabulda Ziyadullayev Mahmudjon Jo’raqulovich “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati xususida hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish tartibi to’g’risida tushuntirishlar berib o’tdi.
Murojaatlarning katta qismi qabul davomida o’z yechimini topdi, qo’shimcha o’rganish talab qilinadigan murojaatlar bo’yicha mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati