16/07/2019

 Joriy yilning 16 iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida Davlat statistika qo`mitasining mutaxassisi tomonidan tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish va indekslarini hisoblash, o`rtacha iste`mol narxlarini xalqaro standart talablariga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish masalalariga bag`ishlangan o`quv-amaliy seminar o`tkazildi.

Seminarda Andijon viloyati statistika boshqarmasi narx statistika bo`limi hodimlari hamda hududiy statistika bo`lim boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun iste`mol sektorida narxlarni ro`yxatga olish, kuzatuv ob`ektlari tanlovi, ulardagi o’rtacha narxlarni shakllantirish va kelgusida zamonaviy qurilmalaridan, ya`ni, planshetdan samarali foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar hamda tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati