16/07/2019

2019-yilning 13-iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan Surxondaryo viloyati tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari uchun iste’mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, shuningdek, o‘rtacha iste’mol narxlarini xalqaro standartlarga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminarda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman (shahar) statistika bo‘limi boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun iste’mol sektorida narxlarni ro‘yxatga olish, kuzatuv joylarini tanlash, ulardagi o‘rtacha narxlarni shakllantirish va  kelgusida zamonaviy qurilmalaridan, ya’ni, planshetdan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Axborot xizmati