Joriy yilning 16-iyul kuni Davlat statistika qo`mitasida Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo‘limi boshlig‘i U.Madaminov 2019 yilning 8-10 iyul kunlari Florensiya shahridagi (Italiya), YuNISEFning “Innochenti” tadqiqot markazida “Bolalar qashshoqligini keng ko‘lamda baholash” mavzusidagi seminar yuzasidan taqdimot o`tkazdi.
Seminarda Davlat statistika qo'mitasining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi, Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo'limi mutaxassislari ishtirok etdi. Unda ishtirokchilar bolalar qashshoqligini keng ko‘lamda baholashda xalqaro tajribani o`rganish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotga ega bo’lishdi.
Taqdimot davomida uy xo’jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlari asosida bolalar qashshoqligini keng ko‘lamda baholash masalalari seminar ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilindi.
Axborot xizmati