16/07/2019

2019-yilning 8–10-iyul kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YuNISEFning “Innochenti” tadqiqot markazida “Bolalar qashshoqligini keng ko‘lamda baholash” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo'mitasining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo‘limi boshlig‘i U.Madaminov ishtirok etdi.

Seminarda 5 ta davlat (O‘zbekiston, Ozarbayjon, Bolgariya,  Qirg‘iziston va Belarus Respublikalari) statistika idoralari vakillari qatnashdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarining bolalar qashshoqligi va tengsizlik bo‘yicha indikatorlarni hisoblash yoki o‘lchash uchun Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari tajribalaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan uyg‘unlashtirilgan savolnomalarni muhokama qilish va kelgusida amaliyotga joriy etishdir. Shuningdek, xalqaro tashkilotlarning qashshoqlik va tengsizlikni o‘lchash bo‘yicha tajribalari bilan yig`ilish ishtirokchilari tanishtirildi.

Axborot xizmati