15/07/2019

2019-yilning 13-iyul kuni Davlat statistika qo`mitasining mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi tuman (shahar) statistika bo`limlari xodimlari uchun Iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, shuningdek, o`rtacha iste`mol narxlarini xalqaro standartlarga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi.

Seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo`lim boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun iste`mol sektorida narxlarni ro`yxatga olish, kuzatuv joylarini tanlash, ulardagi o’rtacha narxlarni shakllantirish va  kelgusida zamonaviy qurilmalaridan, yani, planshetdan samarali foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.

Axborot xizmati