10/07/2019

2019 yilning 9 iyul kuni Davlat statistika qo`mitasining mutaxassislari tomonidan Sirdaryo viloyati tuman (shahar) statistika bo`limlari xodimlari uchun Iste`mol narxlari kuzatuvini tashkil etish hamda indekslarini hisoblash, shuningdek, o`rtacha iste`mol narxlarini xalqaro standartlarga mos ravishda hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan amaliy seminar o`tkazildi.

Seminarda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo`lim boshliqlari va narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar uchun iste`mol sektorida narxlarni ro`yxatga olish, kuzatuv joylarini tanlash, ulardagi o’rtacha narxlarni shakllantirish va  kelgusida zamonaviy qurilmalaridan, yani, planshetdan samarali foydalanish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech