09/07/2019

Joriy yilning 9 iyul kuni  Davlat statistika qo`mitasi vakillarining Osiyo taraqqiyot bankining Iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturi missiyasi vakillari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta jamg`armasining kengaytirilgan Ma`lumotlarni tarqatish umumiy tizimi (k-MTUT)ga qo`shilishi natijalari, XVJning k-MTUT doirasidagi talablarining bajarilishi hamda k-MTUT talablarini bajarish bo`yicha hisoboti holati masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, uchrashuvda Iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash subdasturida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va O`zbekiston Respublikasining XVJning Ma`lumotlarni tarqatishning maxsus standartiga o`tishi masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

Axborot xizmati