2019-yilning 5-iyul kuni Davlat statistika qo`mitasida milliy hisoblar, narxlar va qishloq xo`jaligi statistikasi ko`rsatkichlarini shakllantirish bo`yicha mas`ul mutaxassislar ishtirokida seminar bo`lib o`tdi.
Seminarda Davlat statistika qo`mitasi vakillari A.Mamirov, M.Umarov va Sh.Dalievlarning MDH statistika qo`mitasi ekspertlari bilan O`zbekiston Respublikasining Xalqaro taqqoslash dasturida eksperimental ishtiroki bo`yicha ishchi uchrashuvdagi (2019-yil 1 – 2-iyul, Moskva shahri, Rossiya Federatsiyasi), shuningdek, A.A`zamovning Yevrostat tomonidan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qishloq xo`jaligi statistikasi bo`yicha tashkil etilgan seminardagi (2019-yil 2 – 3 iyul, Vilnyus shahri, Litva) ishtiroki yakunlari yuzasidan taqdimot o`tkazildi.
Seminar ishtirokchilari Xalqaro taqqoslash dasturida ishtirok etishning o`ziga xos xususiyatlari, ushbu maqsadlar uchun zaruriy statistik ma`lumotlarni shakllantirish bilan bog`liq joriy masalalar, shuningdek, qishloq xo`jaligi statistikasini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari bilan tanishtirildi.
Xususan, seminarda 2017-yil uchun iste`mol tovarlari va xizmatlarining o`rtacha yillik narxlari, shuningdek, xalqaro taqqoslashda zarur bo`ladigan birlamchi guruhlar bo`yicha dezagregatsiya qilingan yalpi ichki mahsulot to`g`risidagi ma`lumotlarni shakllantirish bo`yicha Davlat statistika qo`mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijalari batafsil muhokama qilindi.
Axborot xizmati