Davlat statistika qo`mitasining Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i Akrom Sultanov 2019-yilning 1-4-iyul kunlari Kiev shahrida (Ukraina) bo`lib o`tgan ochiq ma`lumotlar ekotizimini shakllantirishda xalqaro tajribani o`rganish masalalariga bag`ishlangan seminar-treningda ishtirok etdi.
Mazkur seminar-trening YeXHTning O`zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko’magi yordamida tashkil etildi.
Shuningdek, mazkur seminar-treningda Umid Pulatov (EXHTning O`zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi xodimi), Azimiddin Raxmatov (RBC Group Solutions kompaniyasining konsultanti) va Abdulaxad Kuchkarov (IT-Parka konsultanti) ishtirok etishdi.
Seminar-treningning asosiy maqsadi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4273-son qaroridagi O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasiga yuklatilgan vazifalarni ijrosini ta`minlashda qo`mitaning salohiyatini oshirish bo`ldi.
Seminara-trening davomida:
- “TAPAS” dasturidagi Ochiq ma`lumotlar komponenti rahxbariyati;
- Ukraina elektron boshqaruv davlat agentligida ochiq ma`lumotlar uchun mas`ullar;
- Ukraina Moliya vazirligi vakillari va “Ochiq moliya” vakillari;
- “Open Data Challenge” musobaqasi sovrindorlari bilan uchrashuvlar bo`lib o`tdi.
Axborot xizmati