08/07/2019

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Davlat statistika qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari - Davlat statistika qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy komissiyasi Raisi  B.Mirusmanov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bo‘lim boshliqlari hamda tuman va shahar statistika bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmonida Davlat statistika qo‘mitasiga belgilab berilgan vazifalar va ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2019–2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining ijrosi masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda Prezident Farmoni bilan belgilab berilgan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish, idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish kabi vazifalar muhokama etildi.

 

Axborot xizmati