08/07/2019

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF–5729-son Farmonida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan Andijon viloyati statistika boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha Idoraviy komissiyasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda Davlat statistika qo`mitasi Raisining birinchi o`rinbosari - Davlat statistika qo`mitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha idoraviy komissiyasi Raisi B.Mirusmanov ishtirok etdi.

Kun tartibidagi asosiy masala sifatida Farmon bilan tasdiqlangan 20192020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining ijrosi muhokama etildi.

Bundan tashqari, yig`ilishda Farmon bilan belgilab berilgan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish, idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish kabi muhim masalalarga atroflicha to`xtalib o`tildi.

Axborot xizmati