2019-yil 2-iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida chetel davlatlarida xizmat safarlarida ishtirok etgan Davlat statistika qo’mitasi xodimlari: O.Mamadaliyev, M.Husanova, M.Nishonova, Sh.Samadov va X.Xamdamovalar tomonidan o’quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Davlat statistika qo`mitasi Raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Yevropa statistiklari konferensiyasida ishtiroki hamda “Sanoatda energiya samaradorligi va uzoq muddatli energiyani rejalashtirish”, “Yuqori davriylikdagi faol iqtisodiy ko’rsatkichlar”, “CSPro Android - ma'lumotlarni mobil qurilmalari yordamida yig’ish” mavzulariga alohida to’xtab o’tildi.
Seminar davomida rivojlangan mamlakatlarning statistik ma’lumotlarni olishda zamonaviy texnologiyalardan va maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish hamda uzoq muddatli energiyani rejalashtirish va uni baholash borasidagi tajribasini yurtimiz statistika idoralariga jalb qilish masalalari seminar ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilindi.
Axborot xizmati