2019-yilning 24-28 iyun kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida “Yuqori davriylikdagi faol iqtisodiy ko’rsatkichlar” mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Ushbu seminar Xalqaro valyuta fondi tomonidan tashkillashtirildi. Unda Sudan, Misr, Tunis, Iordaniya, Gruziya, Armaniston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston davlatlari statistika idoralarining mutaxassislari hamda moliya-bank sohasi vakillari ishtirok etdi.
Seminarda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan Statistik instrumentariyni rivojlantirish, matematik usullar va sifatni boshqarish bo’limi boshlig’i M.Nishonova, Axborot-tahliliy ishlarni muvofiqlashtirish va axborotnomalarni tayyorlash bo`limi boshlig’i S.Raximov hamda Ochiq ma`lumotlarni tarqatish va xalqaro axborot almashuv bo`limi yetakchi mutaxassisi X.Xamdamovalar ishtirok etdi.
Seminarda yuqori davriylikdagi faol iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha umumiy tushunchalarga ega bo’lish, iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha indikatorlar tayyorlash hamda ushbu yo’nalishda boshqa mamlakatlar tajribasi bilan tanishish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi jarayonlarni aks ettiruvchi indikatorlar tayyorlashda tajriba va ko’nikmalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Axborot xizmati