01/07/2019

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo bo'yicha Aholi turmush darajasini o’rganish jamg'armasi va Tojikistonning UNFPA idorasi tomonidan Android platformasida CSPro dasturiy paketi yordamida ma'lumotlarni yig'ishda mobil(planshet) qurilmalardan foydalanish bo'yicha 10 kunlik mintaqaviy trening tashkil etildi.

Ushbu trening 2019-2022 yillardagi mo’ljallangan aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish doirasida o'tkazildi. Treningda Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldova, Turkmaniston va O'zbekistonning tegishli statistika organlari mutaxassislari qatnashdi.

 O'zbekiston Respublikasi Davlat qo'mitasidan treningda Axborot resurslarini yuritish va interaktiv davlat xizmatlari bo'limi boshlig'i Sh.Samadov hamda Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarma boshlig'i o'rinbosari T. Mahamatovlar ishtirok etishdi.

Mazkur treningni o’tkazishdan ko’zlangan maqsad, kelgusida rejalshtirilgan  aholini ro'yxatga olish jarayonida mobil(planshet) qurilmalardan foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech