01/07/2019

2019 yil 26-27 iyun kunlari Toshkent shahrida Inson huquqlari bo`yicha Milliy markazi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo`yicha Oliy Komissarining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy Byurosi va inson huquqlari bo`yicha Daniya instituti bilan birgalikda seminar tashkil etildi.

Seminarni BMTning O`zbekiston Respublikasidagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Xelena Freyzer ochib berdi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo`yicha milliy markazi direktorining birinchi o`rinbosari Mirzatilla Tillabaev, BMTning inson huquqlari bo`yicha Oliy komissarining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakili Richard Komenda va Davlat statistika qo`mitasi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig`i Xabibulla Murodxo`jaev so`zga chiqdi.

Seminarning maqsadi BRM va inson huquqlari bo`yicha hisobdorlik o`rtasidagi kontseptual va analitik bog`liqlikni kuchaytirish, shuningdek 2030 yilgacha bo`lgan davrdagi Kun tartibini O`zbekistonda amalga oshirish uchun davlatning ma`lumotlarga huquqni himoya qilish nuqtai nazaridan yondashish sohasidagi salohiyatini oshirishdan iborat.

Seminarning birinchi kuni tadbir ishtirokchilariga inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar va O`zbekiston bilan BMTning huquqni himoya qilish mexanizmlari o`rtasidagi o`zaro hamkorligi to`g`risida axborot berildi. Ishtirokchilar 2030 yilgacha bo`lgan davrdagi Kun tartibi bilan hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarining inson huquqlari bilan o`zaro bog`liqligi tanishtirildi.

Ikkinchi kuni Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5, 10 va 16 maqsadlari muhokama qilindi. Ishtirokchilar guruhlarda huquqni himoya qilish mexanizmlari nuqtai nazaridan tavsiyalarni o`rgangan holda O`zbekistonni BRM indikatorlari tizimiga qo`shish uchun taklif etiladigan indikatorlar ro`yxati belgilandi.

BMTning inson huquqlari bo`yicha Oliy Komissari ekspertlari o`zlarining tajriba va bilimlari bilan o`rtoqlashdilar hamda inson huquqlari sohasidagi usulbiy materiallarni taqdimot qildilar. Seminarda Davlat statistika qo`mitasidan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig`i Xabibulla Murodxujaev so`zga chiqdi. O`z taqdimotida u O`zbekistonda BRM sohasida amalga oshirilgan ishlar to`g`risida to`xtalib o`tdi.   

Shu bilan birga, seminarda Bosh prokuratura, Bosh prokuratura Akademiyasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Savdo-sanoat palatasi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Xalq ta`limi vazirligi, BMT agentliklari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari faol ishtirok etishdi.

Seminar jarayonida inson huquqlari bo`yicha savol va javoblar sessiyasi, guruhlarda muhokamalar tashkil etildi. Olingan tajribalar inson huquqlari sohasidagi BRM indikatorlarini shakllantirish metodologiyasini aniqlash bilan bog`liq muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida Hukumat tomonidan qabul qilingan maqsad va vazifalarni bajarilishini ta`minlashga yordam beradi.

Axborot xizmati