01/07/2019

Joriy yilning 28 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Raisining o'rinbosari Ziyaev Zohidjon Muratovich boshchiligida Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmatining delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi va Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmati o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv davomida Ziyaev Zohidjon Muratovich Davlat statistika qo'mitasi Аxborot xizmatining faoliyati, axborot siyosatidagi ochiqlik va oshkoralik tamoyillari va qo’mita rasmiy veb-sayti haqida batafsil ma'lumot berdi.

Tomonlar O'zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi o'rtasidagi tovar ayirboshlash, aloqa sohasida hamkorlik va Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini takomillashtirishga ko'maklashish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmatining delegatsiyasi vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.

                                                                                                                                                       Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech