Joriy yilning 26-iyun kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Shumanay tumanida Davlat statistika qo'mitasi raisi o'rinbosari Ikramov Agzam Anvardjanovich boshchiligida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul uchrashuvi tashkil etildi.
Sayyor qabulda Shumanay tuman hokimi B.Yangibayev, Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasi rahbar va hodimlari, shahar va tuman statistika bo’lim boshliqlari, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasida faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilotlarning vakillari, hamda jismoniy shaxslar ishtirok etishdi.
Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari A.Ikramov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5718-sonli Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbikorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonalari faoliyatining asosiy yo’nalishlari va uning natijalari bo’yicha hisobot shakillantirish tartibi va muddatlari hamda vakolatli davlat organlarining vazifalari belgilangan bo’lib tadbirkorlar murojaatlarining o’z vaqtida ko’rib chiqilishini nazorat qilish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish virtual qabulxonasi to’liq ishga tushganligi haqida ma’lumot berdi.
Bundan tashqari olib borilayotgan ishlarning belgilangan tartibda ochiqlik tamoyiliga rioya etish, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni o’z vaqtida qonuniy, adolatli, xolis va to`laqonli hal etish har bir rahbar va xodimning burchi va vazifasi ekanligini eslatib o’tdi.
Yig’ilish qatnashchilariga statistika tizimiga oid yangiliklar hamda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, muddat talab etiladigan murojaatlar bo`yicha mas`ullar biriktirilib, belgilangan muddatda ijrosini ta`minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.
Axborot xizmati