01/07/2019

2019-yilning 26-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari M.Ziyadullayev Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi rahbar va hodimlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar  uchun sayyor qabul uchrashuvi o'tkazildi.

Uchrashuvning maqsadi-viloyat va shahar statistika organlari faoliyati sifatini yaxshilash, asosiysi  statistika sohasiga oid aholi va tadbirkorlik sub`yektlarining savollariga joyida javob topishdir. Bu esa odamlarning ertangi kun va adolatli fuqarolik jamiyatiga bo'lgan ishonchini mustahkamlaydi.

Sayyor qabulda M.Ziyadullayev  “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`grisidag'i O`zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati xususida hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish tartibi haqida ma'lumotlar berib o`tdi.

Murojaatlarning katta qismi qabul davomida  yechimini topdi, qo`shimcha o`rganish talab qilinadigan murojaatlar bo`yicha mas`ul xodimlarga topshiriqlar berildi.

Axborot xizmati