28/06/2019

2019 yil 27 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti rivojlanishining iqtisodiy-statistik tahlili” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Toshkent moliya instituti “Ekonometrika va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Xujakulov Xayitmurod Javliyevich ishtirok etdi.

Seminarda bugungi kunda yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasiga qaratilayotgan e’tibor, qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda ushbu sohaga ilm-fan yutuqlarini keng tadbiq qilish haqidagi fikrlar atroflicha bayon qilindi. Seminar davomida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisodiy holatni aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichlar va ularning statistik usullardagi tahlili haqida batafsil so‘z yuritildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi faoliyatini statistik kuzatish borasida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar seminar ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilindi.

Axborot xizmati