28/06/2019

Joriy yilning 21 iyun kuni Davlat statistika qo`mitasi Markaziy apparati xodimlari uchun 2019 yilning 18-19 iyun kunlari Moskva shahrida bo`lib o`tgan seminarda ishtirok etib kelgan Axborot-kommunikatsiya texnologiayalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig`i Sh.Odilov hamda Axborot xavfsizligi boshqarmasi boshlig`I Sh.Djanadilov tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida "MDH davlatlari statistika infrastrukturasini takomillashtirish va MDH statistika qo`mitasi veb portalidan foydalanish" mavzusida taqdimot bo'lib o'tdi.

Shuningdek, portalning funksional jihatlarini takomillashtirish bo`yicha takliflar o`rganib chiqildi hamda portaldagi ma’lumotlar bazasini to`g`ri shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Axborot xizmati