O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bahodir G`ayibnazarov 2019 yil 21-22 iyun kunlari Tojikiston Respublikasi, Xo`jand shahrida o`tkazilgan “Tojikiston va O`zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hamkorligi: tarix va zamonaviylik” mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada ma`ruza bilan ishtirok etdi.
Konfrensiyada «YAIMni hisoblashning ayrim o`ziga xos xususiyatlari» mavzusida ma`ruza taqdim etildi. Konferensiyadan so`ng O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari Instituti hamda Akademik Bobojon G`ofurov nomidagi Xo`jand Davlat Universiteti o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi memorandum imzolandi.
Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati