2019 yil 21 iyun kuni Davlat statistika qo`mitasi Markaziy apparat xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan huquqiy maslahat kursi tashkil etildi.
Tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 yanvarda “Jamiyatdagi huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi PF-5618-son farmonining 12-bandini ta`minlash maqsadida o`tkazildi. Tadbirni Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari A.Ikramov ochib berdi.
Maslahat kursida qo`mita markaziy apparat xodimlari hamda Adliya vazirligi mutaxassislari huquqiy bilimni oshirish, mehnat huquqi va korrupsiyaning oldini olish borasida fikr almashildi. Mavjud muammo va kamchiliklar xususida mulohazalar bildirildi.
Adliya vazirligining mas`ul xodimi G`aybullo Primov, Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o`qituvchilari – Gulchehra To`laganova, Muhammadamin Karimjonov, Adliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazi fuqaroviy huquqiy fanlar kafedrasi o`qituvchisi, yuridik fanlari nomzodi Ulug`bek Ayubov, Davlat va huquqiy fanlar kafedrasi katta o`qituvchisi Shaxnoza Gafforova hamda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosiy tadqiqotlar instituti yetakchi maslahatchisi Sobir Tagaev xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.
Axborot xizmati