2019 yil 15 may kuni Davlat statistika qo’mitasida joriy yilning 6-8 may kunlari Jeneva shahrida (Shvetsariya) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK) tomonidan tashkil etilgan atrof-muhit monitoringi va baholash bo’yicha Ishchi guruhning 21-sessiyasi hamda ekologik ma'lumotlar bo’yicha hududiy konferensiyasida Davlat statistika qo’mitasi vakili Sh.G’ulomovning ishtiroki natijalari bo’yicha Markaziy apparat xodimlari uchun seminar o’tkazildi.
Seminar davomida qatnashchilar atrof-muhit monitoringi va baholash hamda ekologiya statistikasi bo’yicha chet el davlatlarining ilg’or tajribalari bilan tanishishdi, ularning ustunlik va kamchiliklari muhokama etildi. Bundan tashqari, atrof-muhit monitoringi va ekologik hisobotlar bo’yicha amaldagi va kelgusidagi faoliyatiga qo’shimcha tarzda YeIKning mavjud ekologik ko’rsatkichlar to’plamidan foydalanishni kengaytirish masalalari ko’rib chiqildi.
Axborot xizmati