Joriy yilning 26-aprel kuni Davlat statistika qo`mitasi Markaziy apparati xodimlari uchun 2019 yilning 9-10-aprel kunlari Rossiyaning Moskva shahrida bo`lib o`tgan seminarda ishtirok etib kelgan Qishloq xo’jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda “Xalqaro tavsiyalarga muvofiq tabiatni muhofaza qilishning xarajatlar indeksi va fizik hajm ko’rsatkichlarini shakllantirish” mavzusidagi tayorlangan taqdimot ma’lumotlari bilan seminar tinglovchilari tanishtirildi. Shuningdek, seminar davomida ekologik-iqtisodiy hisoblar sohasida xalqaro tashkilotlar va milliy statistika xizmatlar amaliyoti bo’yicha tajribalar ham o’rtoqlashildi.
Axborot xizmati