24/06/2019

2019 yil 21 iyun kuni Andijon mashinasozlik institutida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi. Tadbir, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan Andijon viloyat statistika boshqarmasi va Andijon mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

 

Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasidan raisning birinchi o`rinbosari B.Mirusmanov, Axborotlarni tarqatish halqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig`i O.Mamadaliev va mutasaddi xodimlar, Andijon viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq va hududiy statistika bo`limlari rahbarlari va xodimlari, Andijon mashinasozlik instituti rahbariyati, o`qituvchilari va talabalari hamda hududiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida qo`mita mas`ul hodimlari tomonidan davlat statistika idoralarida amalga oshirilayotgan keng qo`lamli islohotlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar haqida hamda Andijon viloyati statistika boshqarmasi mutasaddilari tomonidan 2022 yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan aholini ro`hatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ishlarining borishi borasida axborotlar berildi.

Shuningdek, Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati yuzasidan statistik tahlillar diagramma va infografikalar ko’rinishida tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.

Tadbir davomida, ishtirokchilarning barcha qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

 

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech