24/06/2019

Joriy yilning 21 iyun kuni Davlat statistika qo`mitasi Markaziy apparati xodimlari uchun 2019 yilning 18-20 may kunlari Qozog’istonning Olmaota shahrida bo`lib o`tgan seminarda ishtirok etib kelgan Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi mutaxassisi tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida "Sendai framework monitoring tizimi va barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida qishloq, baliq va o'rmon xo'jaligida tabiiy ofatlar bilan bog'liq bevosita yo'qotishlarni baholash uchun FAO metodologiyasi" mavzusida taqdimot bo'lib o'tdi va tabiiy ofatlar, ularning qishloq xo'jaligi sohasiga ta'siri, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida zarar va yo'qotishlarni baholash masalalari muhokama qilindi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech