24/06/2019

2019 yilning 18-20 iyun kunlari Qozog’istonning Olmaota shahrida Qishloq xo'jaligi, baliqchilik va o'rmon xo'jaligida tabiiy ofatlarga bog'liq bevosita zararlarni baholashda FAO metodikasi bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi.

Ushbu seminarda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish boshqarmasi bosh mutaxassisi A.Eraliyeva, Qoraqalpoq’iston Respublikasi statistika boshqarmasi, qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi boshlig'i N.Madreymovlar ishtirok etdilar.

Mazkur seminarda qishloq, o'rmon xo'jaligi, favqulodda vaziyatlar bo'yicha milliy vazirlik va idoralar vakillari hamda Qozog'iston, Qirg'iziston, Mo'g'uliston, Tojikiston, Turkmaniston milliy statistika xizmatlari mutaxassislari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar (FAO BMT) ekspertlari hamda FAO, UNEP (BMT atrof-muhit dasturi) mamlakat vakillari hamda Olmaota shahrining Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish markazi vakillari ishtirok etdilar.

Seminarda qishloq xo'jaligida tabiiy ofatlar to'g'risida ma'lumotlarni yig'ishda FAO tomonidan tabiiy ofatlar oqibatida qishloq xo'jaligi, baliqchilik va o'rmon xo'jaligida zarar va yo'qotishlarni baholash, milliy axborot tizimlarini institutsionallashtirish uchun strategik yo'l xaritasini ishlab chiqish uchun kontseptual asosi tushuntirildi, mamlakatlarga yordam berish masalalari muhokama qilindi.

Аxborot xizmati