24/06/2019

Joriy yilning 1 mart kuni Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo'limi boshlig'i Z.Mamadjanova Xalqaro valyuta fondi tomonidan 11-22 fevral kunlari Vena (Avstriya) shahrida “Tabiiy resurslarga boy mamlakatlarda makroiqtisodiy boshqarish” mavzusida tashkil etilgan o'quv kursidagi ishtiroki natijalari bo’yicha taqdimot qildi.

 

Z.Mamadjanova tabiiy resurslarga boy mamlakatlarda iqtisodiy o'sishni tahlil qilish usullari, tabiiy resurslardan ishlab chiqarishda foydalanishni tavsiflovchi makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilish, shuningdek, sanoatda ishlab chiqarishni diversifikatsiya darajasini aniqlash uslubiyoti haqida qisqacha ma'lumotlar berdi.

 Axborot xizmati