24/06/2019

21 iyun kuni Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo'limi boshlig’i Zuhra Mamadjanova va Joriy hisoblar bo'limi boshlig’i o'rinbosari Jahongir Mexmonovlar Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 2019 yil 10-15 iyun kunlari Jakarta shahrida (Indoneziya) tashkillashtirilgan iqtisodiy globallashuv statistikasi va qiymatlar yaratilish zanjirini shakllantirishga bag’ishlangan mintaqaviy seminar yakunlari to'g’risida taqdimot qildilar.

Taqdimot qilgan ma'ruzachilar tinglovchilarni ushbu seminarning maqsadi, ishtirokchi mamlakatlarning “Resurslar va ishlatilish” hamda “Xarajatlar va ishlab chiqarish” jadvallarini tuzish borasidagi tajribalari bilan tanishtirdilar. Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari tomonidan qilingan matrisa algebrasi bo'yicha tahliliy ma'ruzalar hamda katta hajmdagi axborotlar bilan ishlash imkonini beruvchi “R-studio” dasturi bo'yicha taqdimotlar tinglovchilar e'tiboriga havola qilindi.

 Axborot xizmati