Davlat statistika qo'mitasining Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo'limi boshlig’i o'rinbosari Z.Kamilova Davlat statistika qo'mitasi xodimlariga 2019 yil 9-12 aprel kunlari Jeneva shahrida (Shveysariya) o'tkazilgan Milliy hisoblar bo'yicha ekspertlar guruhi yig’ilishining 18-sessiyasidagi ishtiroki bo'yicha taqdimot o'tkazdi.
Taqdimot davomida global ishlab chiqarishni baholash masalalari ko'rib chiqildi hamda Z.Kamilova tinglovchilarni global hisoblar bo'yicha xalqaro tajriba bilan tanishtirdi.
Axborot xizmati