2019 yilning 20 iyun kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Jo’raqulovich Navoiy viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda Karmana tumani hokimi birinchi o`rinbosari J.Bobomurodov bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabul uchrashuvi tashkil etdi.
Mazkur sayyor qabulda viloyat statistika boshqarmasi tarmoq bo’limi boshliqlari, tuman va shahar statistika bo`limi boshliqlari, viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari vakillari hamda jismoniy shaxslar ishtirok etishdi.
Yig’ilish davomida Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Jo’raqulovich «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan tamoyilni amalda qaror toptirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonuniy, adolatli, xolis va to`laqonli hal etish har bir rahbar va xodimning burchi va vazifasi ekanligini ta`kidladi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan, Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Jo’raqulovich davlat statistika tizimida so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlarning tub mohiyati, tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulayliklar hamda O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida"gi qonuniga muvofiq, davlat statistika organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, og’zaki va elektron murojaatlari uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar to’g’risida tushuntirishlar berdi.
Sayyor yig’ilish davomida xalqimiz hayotida muhim o`rin tutayotgan, dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy ma`lumotlar berilib, yig’ilishda ishtirok etayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning sohaga oid masalalar hamda o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirilib, qo`shimcha o`rganish talab qilinadigan murojaatlar bo`yicha mas`ul xodimlarga topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati