21 iyunda Sanoat statistikasi boshqarmasining Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblari sho‘basi mudiri A.Abdullayev hamda Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasining Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.Kadirov tomonidan Davlat statistika qo‘mitasi xodimlariga, joriy yilning 21–22 may kunlari Dushanbe shahrida “Energiya xavfsizligi siyosatini kuzatishda energiya statistikasi” mavzusida o‘tkazilgan trening bo‘yicha taqdimot (prezentatsiya) o‘tkazidi.
A.Abdullaev va A.Kadirov qatnashchilarni energetika balansini rivojlantirish bo'yicha xalqaro ekspertlarning tavsiyalari, energiya xavfsizligi siyosatini ishlab chiqishda energetika statistikasining ta'siri bilan tanishtirdi. Shuningdek, milliy maqsadlarga erishish uchun energiya balansini takomillashtirish yuzasidan aniq yo’nalishlar bo’yicha ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati