2019 yil 21 iyunida Davlat statistika qo`mitasida Gruziya Respublikasining Tbilisi shahrida tashkil etilgan “Xalqaro investitsiya holati va to`lov balansi statistikasini tuzish” mavzusidagi o`quv kursi yuzasidan seminar o`tkazildi.
Seminarda Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig`i J. Saipov o`quv kursidan olgan bilim va tajribalarini Qo`mitaning boshqa xodimlari bilan ulashish maqsadida taqdimot o`tkazdi.
Taqdimotda Xalqaro valyuta jamg`armasi ekspertlarining tavsiyalari hamda qatnashuvchi davlatlar tajribasi to`g`risida batafsil to`xtalib o`tildi. Kursdan olingan bilim va ko`nikmalarning statistika tizimi faoliyatida qo`llanilishi katta samara berishi qayd etib o`tildi.
Axborot xizmati