21/06/2019

2019-yil 20-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik  tadqiqotlar markazi tomonidan “O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy holati va asosiy tendensiyalarining statistik  usullardagi tahlili ” mavzusida seminar tashkil etildi.

Ushbu  seminarda Davlat statistika qo’mitasi markaziy apparati хodimlari ishtirok etdi.

Seminarda yurtimizdagi  ijtimoiy-iqtisodiy holatni aks ettiruvchi muhim ko’rsatkichlar va ularning  statistik usullardagi tahlili haqida so’z yuritildi.

 

Seminarda statistik kuzatuvlar asosida olinayotgan ma’lumotlarning qay darajada  ishonchli va ko’zlangan maqsadga qanchalik muvofiqligini baholashda statistik tahlilning muhimligi va dolzarbligi  atroflicha bayon qilindi.

 

Olingan statistik ma’lumotlarni korrelyatsion va regression tahlil qilishda  samaradorlik darajasini takomillashtirish yuzasidan  savol va takliflar seminar ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilindi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech