Joriy yilning 21 iyun kuni Davlat statistika qo`mitasida tarmoq boshqarmalari va bo`limlari xodimlari ishtirokida “Kichik hududlarni baholash” mavzusida Afina shahrida (Gretsiya) bo`lib o`tgan o`quv kursi yakunlari bo`yicha seminar bo`lib o`tdi.
Seminarda Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig`i Q.Berdiqulov va Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi U.Abdurasulovlar ushbu o`quv kursida olgan tajribalari bilan o`rtoqlashishdi.
Ishtirokchilarga kichik hududlar bo`yicha baholashning zamonaviy usullari va ulardan amaliyotda statistik hisob-kitob va grafiklar tayyorlashga mo`ljallangan R dasturi (R programming) yordamida foydalanish bo`yicha taqdimot qilindi.
Seminar davomida ishtirokchilarning o`quv kursi mavzusiga oid bo`lgan o`zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Axborot xizmati