Joriy yilning 17 iyun kuni Belgiyaning Brussel shahrida Faol keksayish indeksi mavzusida Shaqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo va G`arbiy Bolqon davlatlari uchun seminar bo'lib o'tdi. Ushbu seminar Yevropa Iqtisodiy komissiyasi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo`mitasidan Uy xo`jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo`limi boshlig`i B.Karshibayev ishtirok etdi va mamlakatlar milliy statistika mutaxassislari jumladan, Rossiya, Polsha, Avstriya, Shveytsariya, Ispaniya, Moldava va boshqa bir qator davlatlardan mutaxassislar qatnashdi.
Seminarda Faol keksayish indeksini shakllantirish, ma’lumotlar va ularni mexanizmini takomillashtrish bo'yicha mutaxassislar tomonidan ma`ruza, taqdimot shaklidagi ma`lumotlar berildi va Faol keksayish indeksi sohasini takomillashtirish yuzasidan bir qator takliflar berildi.
Axborot xizmati