Joriy yilning 4 fevral kuni Davlat statistika qo`mitasi Markaziy apparati xodimlari uchun 2019 yilning 28-31 yanvar kunlari Italiya Respublikasida o`tgan treningda ishtirok etib kelgan qo`mita boshqarma boshlig’i tomonidan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i B. Shodiev “Bolalar va majburiy mehnat ko'rsatkichlarini tahlil etish bo'yicha milliy imkoniyatlarni oshirish” mavzusida taqdimot qildi, shu bilan bir qatorda, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob beridi.
Axborot xizmati