20/06/2019

Joriy yilning 19-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisining o'rinbosari Ziyodullaev Mahmudjon Jurakulovich boshchiligida Yevropa iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.  

     

 

Uchrashuvda Yevroosiyo mamlakatlari bilan ishlash bo'yicha Iqtisodiy hamkorlik bo'limi rahbari janob Uilyam Tompson "Markaziy Osiyoda savdo va transport aloqalarini kengaytirish" loyihasi borasida fikr bildirdi.

Uchrashuvda Davlat statistika qo'mitasi va OECD o'rtasida ikki tomonlama hamkorlikning keng qamrovli masalalari muhokama qilindi. 

 

Uchrashuv yakunida OECD delegatsiyasi rahbari Uilyam Tompson Davlat statistika qo'mitasi rahbariyatini yig'ilishni tashkil etgani uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi va kelgusida yana hamkorlikda ishlashini ta’kidladi.

  

Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech