18/06/2019

2019 yilning 12-14 iyun kunlari Toshkent shahrida BMT TD tomonidan Davlat statistika qo`mitasi bilan birgalikda hamda yuNEP, BMT eSKATO, BMT Universiteti, FAO va BMT YeIK tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan seminar bo`lib o`tdi.

Seminarda atrof-muhit va iqtisodiy farovonlik sohasidagi BRM ko`rsatkichlarini ishlab chiqish bo`yicha metodologik masalalar muhokama qilindi. Seminarni BMT TD vakili Matilda Dimovska va Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari Maxmudjon Ziyadullayev ochib berishdi.

Seminarda ishtirok etgan yuNEP, BMT eSKATO, BMT Universiteti, FAO va BMT YeIK tashkilotlari, shuningdek, Belarus Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi statistika idoralari ekspertlari o`zlarining bilim va tajribalari bilan o`rtoqlashdilar.

Atrof-muhit va iqtisodiy farovonlik sohasidagi barqaror rivojlanish maqsadlarining 28 indikatorlari bo`yicha metodologik materiallar taqdimot qilindi.

Shu bilan birga seminarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi vakillari ham ishtirok etishdi.

Olingan tajribalar BRM indikatorlarini metodologiyasini aniqlash, shakllantirish bilan bog`liq muammolarni yechish hamda  hukumat tomonidan qabul qilingan maqsad va vazifalarni kelgusida bajarilishini ta`minlash imkonini beradi.

Uchrashuv yakunida milliy agentliklar hamda vazirlik va idoralarning statistik salohiyatini yanada oshirish maqsadida kelgusida shu kabi seminarlar o`tkazish bo`yicha kelishib olindi.

 

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech