14/06/2019

Shu yilning 13-iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida Yevropa ta'lim jamg‘armasi eksperti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Yevropa Ta'lim Fondi statistikasi mutaxassisi Eva Yansova, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Xudoynazar Kurbonov, Menejment va malakalarni boshqarish markazi direktori Sirojiddin Olimov, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i  Odiljon Mamadaliev, Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i  Xabibilla Murodxujayev, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Bexzod Shodiyev, Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsining Kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа stаtistik tаdqiqotlаr Mаrkаzi direktori Bahodir G`oyibnazarov o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

 

Uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi va Yevropa ta'lim jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlik masalalari, kadrlar tayyorlash hamda Turin ta'lim jarayoni doirasida ma'lumot almashish masalalari muhokama qilindi.

 

Davlat statistika qo‘mitasi  Axborot xizmati