Ukrainaning Kiyev shahrida Yevropa erkin savdo assosiasiyasi va Islandiya davlati statistikasi hamkorligida statistikasi xodimlari uchun o‘quv kursi tashkil etildi. O‘quv kursida Ukraina Respublikasi statistikasi va barcha MDH davlatlarining statistika organlari vakillari ishtirok etdi.
Davlat statistika qo‘mitasidan – Axborot xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Djanadilov hamda tabdirkorlik subyektlarini tizimli statistik kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i M.Satimov ham qatnashdi.
O‘quv kurslari davomida R dasturi va uni statistika tizimida ma’lumotlarni tayyorlash, tahlil qilish va qayta ishlashda foydalanishning ahamiyati xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, R dasturlash tili va GSBPM modeli bilan tanishtirish hamda foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan chiquvchi statistik ma’lumotlarni yaratish, tahlil qilish, qayta ishlash va sifatini nazorat qilishda R dasturlash tilidan foydalanish, rasmiy statistik ma’lumotlar yaratish imkonini beruvchi R paketi va funksiyalarini ko‘rsatib berish bo‘yicha ham zarur ma’lumotlar berildi.
O‘quv kurslari asosan tanlanma kuzatuvlar asosida to‘plangan ma’lumotlar massivini R dasturlash tili yordamida qayta ishlash, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlab veb-saytga joylashtirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berishga qaratildi. Ishtirokchilar Islandiya davlati statistika organlari tomonidan tayyorlangan statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya qilish asosida hisobotlar tayyorlash jarayoni bilan ham tanishdi.
Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati