13/06/2019

2019-yil 13-iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi tomonidan “Makroiqtisodiy barqarorlik va statistika masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati boshqarma boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda barcha bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Seminarda bugungi kunda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim statistik ko‘rsatkichlarning ahamiyati, ularning iqtisodiyotga bevosita ta’siri haqida so‘z yuritildi.

Makroiqtisodiy barqarorlikning muhim ko‘rsatkichlaridan bandlik va ishsizlik, inflyatsiya darajasi, hamda eksport va import hajmining iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilindi. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda bugungi kundagi olib borilayotgan chora tadbirlar va bu borada yuzaga kelayotgan muammolar seminar ishtirokchilari tomonidan keng muhokama qilindi.

 

Davlat statistika qo‘mitasi  Axborot xizmati