Toshkent shahrida Davlat statistika qo`mitasi tomonidan Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi hamda yuNEP, BMT eSKATO, BMT Universiteti, FAO va BMT YeIK tashkilotlari bilan hamkorlikda atrof-muhit va iqtisodiy farovonlik sohasidagi Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) indikatorlari bo`yicha seminar o`tkazilmoqda.
Seminarda halqaro tashkilotlar, Belarus Respublikasi, Qirg`iziston Respublikasi statistika idoralarining ekspertlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda Davlat statistika qo`mitasi vakillari ishtirok etishmoqda.
Seminardan ko`zlangan asosiy maqsad - vazirlik va idoralarga atrof-muhit va iqtisodiy farovonlik sohasidagi BRM milliy indikatorlari bo`yicha kompleks ko`rsatkichlar tizimini ishlab chiqish jarayonida amaliy yordam ko`rsatishdan iborat.
Seminar 2019 yil 14 iyungacha davom etmoqda.
Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati