O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi tomonidan “Iqtisodiyotda statistik va ekonometrik usullar: tahlil va takliflar” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda qo‘mita markaziy apparatining boshqarma boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda barcha bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Seminarda bugungi kunda statistika sohasida ekonometrik usullardan foydalanish samaradorligini yanada takomillashtirish hamda korrelatsion va regression tahlil asosida olingan ma’lumotlar orqali iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirish haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, statistik kuzatuvlar asosida olingan ma’lumotlarni tahlil qilishda ekonometrik modellardan foydalanish masalalari va bu borada yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari ishtirokchilar tomonidan keng muhokama qilindi.
Axborot xizmati