O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi “O`zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog`ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to`g`risida”gi PQ-4249-son, 2018 yil 6 martdagi “O`zbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3586-son qarorlari ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2014 yil 14 fevraldagi 11-son buyrug`i bilan tasdiqlangan takomillashtirilgan Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
O`zgartirilgan ma`lumotnoma bilan rasmiy saytning “Statistik tasniflagichlar” bo`limi orqali tanishish mumkin.
Axborot xizmati