10/06/2019

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining  2019 yil 3 maydagi “Navoiy viloyati Nurota tumani G`ozg`on shaharchasini G`ozg`on shahri etib o`zgartirish, G`ozg`on shahrini viloyat bo`ysinuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Navoiy viloyati Nurota tumani chegaralarini o`zgartirish to`g`risida”gi SQ-419-III-son,  2018 yil 28 sentyabrdagi “Buxoro viloyatining G`ijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralarini o`zgartirish to`g`risida”gi SQ-338-III-son qarorlariga muvofiq, shuningdek ularning statistika ishlarini bajarish jarayonida foydalaniladigan statistik klassifikatsiyalar tizimida aks ettirilishini ta`minlash maqsadida Ma`muriy-hududiy tuzilmalarni (ob`ektlarni) belgilash tizimi idoraviy statistik tasniflagichiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

O`zgartirilgan ma`lumotnoma bilan rasmiy saytning “Statistik tasniflagichlar” bo`limi orqali tanishish mumkin.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech