O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, 2019 yil 5 iyun kuni – Ramazon hayiti mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.
Davlat statistika qo`mitasi barcha vatandoshlarimizni muqaddas islom dinining ezgu g`oyalarini, xalqimizning urf-odat, an`analari va qadriyatlarini o`zida yaqqol ifoda etadigan, qadimiy bayramimiz – Ramazon hayiti bilan muborakbod etadi. O`zaro mehr-oqibat, ezgulik va saxovat, millatlaro ahillik, bag`rikenglik ramzi bo`lgan mazkur ayyom – Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng aziz va qadrli bayramlardanr biri hisoblanadi.
Ana shunday ezgu g`oyalarga mujassam bo`lgan Ramazon hayiti avvalo, yurtimizga tinchlik-omonlik, xonadonlarimizga baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!
Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati