Joriy yilning 31 may kuni Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan ishchi uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot-xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari Ziyaev Zohidjan Muratovich boshchiligida bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Davlat statistika qo'mitasi veb-saytining statistika biznes-reestrini takomillashtirish, shuningdek, Davlat statistika qo'mitasining OTB bilan o'zaro hamkorligini davom ettirish masalalari bo'yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Eslatib o’tamiz joriy yilning 20 mayidan 31 mayiga qadar OTB mutaxassislari ma'lumotlarni ko'rish va tarqatish, veb-saytida axborot paneli yaratish bo'yicha treninglar o'tkazishdi. Uchrashuvdan so'ng OTB vakillari samimiy qabul uchun Davlat statistika qo'mitasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib, bundan keyin ham samarali hamkorlik qilishga umid bildirdilar.
Uchrashuv samimiy muhitda o'tkazildi.
Axborot xizmati